Superliga. Qanday qiziqarli faktlar yuz berganini bilasizmi?
Superliganing 10-tur uchrashuvlari davom ettrilmoqda. 23 may oqshomida o‘tkazilgan uchta o‘yindan keyin O‘zPFL matbuot xizmati navbatdagi qiziqarli faktlarni ma’lum qildi.
AGMK 3576 kundan buyon ilk bor Samarqandda “Dinamo”ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi (9 avgust 2012 yil).
“Paxtakor” va “Qizilqum” jamoalari 4 o‘yinlik g‘alabasiz seriyaga chek qo‘ydilar. “Sherlar” Superliga doirasida so‘nggi bor 1 aprel sanasida “Navbahor” ustidan, navoiyliklar esa 26 aprel kuni “Olimpik” ustidan g‘alaba qozongan edilar.
“Dinamo” joriy mavsumda 4 uchrashuvda so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gol evaziga ochko yo‘qotdi.



Fikrlar