
Superliga. "Paxtakor" Jizzaxda arang mag‘lubiyatdan qutilib qoldi
O‘zbekiston Superligasi 19-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Paxtakor" bahsi yakunlandi. Unda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Mezbonlar safida yagona golni Samandar Mavlonqulov kiritdi. "Paxtakor"ning hisobni tenglashtiruvchi goliga penaltidan unumli foydalangan Po‘latxo‘ja Xoldorxonov mualliflik qildi.
Shu tariqa, "Paxtakor" 42 ochko bilan 1-o‘rinda qoldi. 23 ochkosi bor "bo‘rilar" 9-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar