
Superliga. "Neftchi" o‘z uyida "Surxon" bilan durang bilan o‘ynadi
Superliga 11-turi doirasidagi "Neftchi" - "Surxon" o‘yini bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
27-daqiqada burchak zarbasidan so‘ng Husain Norchaev hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 11 daqiqa o‘tib, Hoshimovning uzatmasidan so‘ng Sunnatulloh Hamidjonov hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa, jamoalar bir ochkodan bo‘lib olishdi.
Fikrlar