
Superliga. "Navbahor" birinchi davrani qanday o‘tkazdi?
Xabaringiz bor, ayni paytda milliy chempionatimizda davralar oralig‘idagi tanaffus payti yuzaga keldi.
"Navbahor”ning birinchi davraga oid statistik raqamlari bilan tanishing. O‘zbekiston Superligasining ortda qolgan 13 ta uchrashuvida "lochinlar" 4 ta g‘alaba, 7 ta durang va 2 ta mag‘lubiyatni qayd etdi. Raqiblar darvozasiga 18 ta gol urgan holda, o‘z darvozasidan 14 ta to‘p o‘tkazib yubordi. Namanganliklar o‘tkazilgan 13 ta o‘yindan 5 tasida o‘z darvozalaridan to‘p o‘tkazib yubormadi.
Yana shuni ham ta’kidlash joizki, jamoamiz birinchi davrada o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan 7 ta bellashuvning 3 tasida yutuqqa erishib, 4 ta o‘yinga durangga imzo chekdi hamda Namanganda mag‘lubiyatga uchramadi va bu borada Superligadagi 2 jamoaning (“Nasaf” bilan birgalikda) biri bo‘ldi.
Jamoa 13 ta bahsda raqiblar darvozasiga 18 ta gol urishdi. Bu esa har bir o‘yinga 1,4 tadan gol to‘g‘ri keladi, degani.
“Navbahor” birinchi davra bahslarida jami 19 ochko to‘plagan holda (48,7 foizlik natija), davralar oralig‘idagi tanaffusga 6-o‘rinni egallagan holda, chiqib ketdi.
“Navbahor”ning Superliga – 2024 birinchi davrasidagi o‘yinlari natijalari
Superliga. 1-tur. 1 mart (juma)
“Navbahor” – “Dinamo” – 3:1 (1:0)
Gollar: Abrorbek Ismoilov (19), Toma Tabatadze (47,84-pen.) - Joel Kojo (53).
Superliga. 2-tur. 9 mart (shanba)
“Navbahor” – OKMK - 1:1 (1:1)
Gollar: Toma Tabatadze (11) – Sardor Rahmonov (19).
Superliga. 3-tur. 17 mart (yakshanba)
“Bunyodkor” — “Navbahor” – 2:2 (0:0)
Gollar: Mirjahon Mirahmadov (65,90+6) – Toma Tabatadze (60,73-pen.).
O‘zbekiston Superligasi. 4-tur. 31 mart (yakshanba)
“Navbahor” – “Surxon” - 2:2 (0:2)
Gollar: Azimjon Ahmedov (49), Toma Tabatadze (90+5, pen.) – Sunnatullox Xamidjonov (23), Jahongirbek Abdusalomov (32).
Superliga. 5-tur. 30 iyun (yakshanba)
“Nasaf” – “Navbahor” – 3:2 (2:2)
Gollar: Bobur Abduxoliqov (9), Sherzod Nasrullaev (34, Abduvohid Ne’matov (65- pen.) – Giorgi Nikabade (4), Farrux Sayfiev (13).
Superliga. 6-tur. 5 may (yakshanba)
“Navbahor“ – “Lokomotiv” – 4:0 (1:0)
Gollar: Jamshid Boltaboev (14), Odiljon Hamrobekov (50), Yovan Jokich (62), Siyavash Haqnazari (90+4).
Superliga. 7-tur. 12 may (yakshanba)
“So‘g‘diyona” - “Navbahor” – 1:2 (0:1)
Gollar: Lupcho Doriev (79-pen.) - Toma Tabatadze (22-pen.), Jamshid Iskanderov (51).
Superliga. 8-tur. 19 may (yakshanba)
“Navbahor” - “Neftchi” – 1:0 (0:0)
Gol: Filip Ivanovich (90+4).
Superliga. 9-tur. 24 may (juma)
“Metallurg” – “Navbahor” - 1:1 (0:1)
Gollar: Iskandar Shayqulov (78) - Toma Tabatadze (15).
Superliga. 10-tur. 30 may (payshanba)
“Navbahor” – “Olimpik” - 0:0
Superliga. 11-tur. 16 iyun (yakshanba)
“Paxtakor” – “Navbahor” - 0:0
Superliga. 12-tur. 20 iyun (payshanba)
“Navbahor” – “Qizilqum” – 0:0
Superliga.13-tur. 26 iyun (shanba)
“Andijon” – “Navbahor” - 3:0 (1:0)
Gollar: Levan Arveladze (13), Rustam Turdimurodov (62), Ibrohim Yo‘ldoshev (84, avtogol).
Fikrlar