Superliga. "Buxoro" va "Xorazm" pley-offni safarda o‘tkazadi
Superligada 29-turga kelib musobaqa jadvalida 15 hamda 14-o‘rin egalari aniqlandi.
"Xorazm" jamoasi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar sababli mavsumni 15-o‘rinda yakunlashi oydinlashdi, "Buxoro" esa o‘zaro uchrashuvlarda "Mash’al" bilan salbiy natija qayd etgan va Superligani 14-o‘rindan yuqorida yakunlay olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, "Xorazm" bu turda "Andijon"ga 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. "Buxoro" esa "Sho‘rtan" bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.




Fikrlar