Superliga. Birinchi turdagi omadsiz yoxud "ketmoni uchmagan" futbolchilar!

  • 7 mart, 2024, 16:20
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing birinchi turidan so‘ng, turli ramziy jamoalar va eng yaxshilar haqida materiallar taqdim etilmoqda. Biz esa, aksincha ilk turda o‘zini yomon tomondan ko‘rsatgan 5 ta "qahramon"ni tanlab oldik. Ular uchun bu tur chinakamiga omadsizlik bilan tarixda qoladigan bo‘ldi...

Tecno

TOP 5 Omadsiz futbolchilar

"Dinamo" darvozaboni - Yagudin
Samarqand "Dinamo" Namanganda Superligadagi eng kuchli start tarkibga ega "Navbahor"ga qarshi maydonda ishonchli ko‘rindi. Ayniqsa, hisobni 2:1 ko‘rinishga keltirgandan so‘ng, qisqa fursat davomida ustunlik ham qildi. Shunga qaramay, yakunda 3:1 natijasida mag‘lubiyatga uchradi. Bahs davomida, Yagudin deyarli birorta epizodda jamoasi joniga oro kirmadi. Birinchi golda jarima maydonchasi ichida qolib ketgan bo‘lsa, ikkinchi golda Toma Tabatadzega "assistentlik" qildi. Penaltida "Dinamo"ga yordam bera olmadi. Aynan u "kuchli beshlik"ni ochib beradi.

photo_2024-03-02_04-05-17

"Sug‘diyona" jamoasi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich esa reytingning to‘rtinchi pog‘onasidan joy oldi. Chernogopriyalik mutaxassis jamoasi 0:2 hisobida engilayotgan bir paytda, ishqibozlarning tinimsiz tanqidini sabr bilan eshitib turdi. Lyupche Doriev gol kiritgach, emotsiyalarini jilovlay olmay qoldi. U ortga o‘g‘irilib, fanatlar bilan to‘lib turgan tribunaga qarata, "so‘zga chiqdi". E’tiborli tomoni shundaki, mutaxassis bu ishidan so‘ng, 4 mart kuni jamoa ishqibozlari bilan uchrashuv o‘tkazdi va o‘rtadagi nizoni yo‘q qilishga harakat qildi. To‘g‘ri, qisman mutaxassis vaziyatni yumshatdi, ammo professional jamoaning professional murabbiyi har qanday xolatda ham, o‘z emotsiyalarini jilovlay olishi shart!

photo_2024-03-03_11-01-04
"Andijon" futbolchisi Abdumannonov  bo‘sh darvozaga to‘pni kirita olmadi.

dengf,mb

"Andijon" mehmonda yangilangan OKMK bilan to‘qnash keldi. Bahs oldidan, "burgutlar" himoyadan o‘ynashi va asosiy omadni standart vaziyatlardan izlashini taxmin qilish qiyin emas edi. Shunday ham bo‘ldi, ammo bir vaziyat o‘yin taqdirini burib yuborishi mumkin edi. Bahsning 47-daqiqasida "Andijon" yarim himoyachisi Bektemir Abdumannonov Sardor Rahmonovdan chaqqonlik bilan to‘pni olib qo‘ydi va darvozabonni aldab o‘tdi, ammo bir necha metrdan bo‘sh qolgan darvozaga aniq zarba yo‘llay olmadi. Aynan shu vaziyat yakunda "Andijon" uchun g‘alaba kalitini taqdim etishi mumkin edi. Yakunda, tomonlar nursiz durangga imzo chekdi.


Asqarov/Potapov (Surxon) Darvozabonning qo‘pol xatosi himoyachining to‘pni o‘tkazib yuborishi

rtl
"Surxon" o‘tgan mavsumdagi ishonchli o‘yinidan so‘ng, joriy mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda boshlashi taxmin qilingan edi. Xatto, raqib "Paxtakor" bo‘lishiga qaramay, ko‘plab mutaxassislar aynan mezbonlarning qo‘li baland kelishi ehtimoli yuqorida deb hisobladi. Yakunda esa, "Paxtakor" 0:3 hisobida g‘olib chiqdi. O‘yinda "sherlar" osonlik bilan g‘alaba qozongandek tuyulishi mumkin, biroq o‘yinni borishini belgilab bergan xato 3 daqiqada sodir bo‘ldi. Potapov to‘pni yonida turgan Asqarovga keragidan qattiqroq tashlab berdi, markaziy himoyachi esa, uni sheriga qoldirdi. Erta pressing qilayotgan "Paxtakor" a’zosi Po‘latxo‘ja Xoldorxonov to‘pga ega chiqdi va Dragan Cheranga assist berdi. "Uchar tulporlar" o‘yinni ilk daqiqalaridayoq qarshi to‘p o‘tkazib yuborib, ruhan va taktik murakkab ahvolga tushib qoldi. O‘zi shundoq ham, deyarli 3 markaziy himoyachi bilan harakat qilayotgan "Paxtakor" yanada xotirjam va sovuqqonroq harakat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. "Surxon" esa, qo‘pol xato sababli deyarli 90 daqiqa chuqur himoyadagi "Paxtakor" darvozasi oldida katta kuch yo‘qotdi.

                                                                                                                                              Oybek Yo‘ldoshev

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!