
Superliga. "Andijon" "Lokomotiv"ni mag‘lub etib, etakchiga aylanib oldi
O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Andijon" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv "burgutlar"ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunalandi.
55-daqiqada Islombek Mamatkazin hisobni ochgan bo‘lsa, 70-daqiqada Shahrom Samiev oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Uchrashuv so‘nggiga yaqin Sardor Abdunabiev gol urib hisobni qisqartirdi. Biroq bu "temiryo‘lchilar"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi.
Shu tariqa, Xomyakov shogirdlari safardan 3 ochko bilan qaytdagin bo‘ldi.
Fikrlar