
Superliga 3-turida vodiy derbisi peshqadam
13 – 15 mart kunlari Superligada 3-tur o‘yinlari o‘tkazildi. SPORTS.uz sayti an’anasiga sodiq holda tur muxlislariga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
Tur o‘yinlariga jami 38021 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu bir uchrashuvga o‘rtacha 5432ni tashkil qiladi.
Eng ko‘p muxlis Andijondagi “Andijon” – “Navbahor” bellashuvida qayd etildi - 15152.
Turning yana bir markaziy qarama-qarshiligi Olmaliqda o‘tdi. AGMK – “Bunyodkor” bahsini 3200 tomoshabin o‘yingohdan kuzatdi.
Eng kam ishqibozlar doimgidek Toshkentda. “Lokomotiv” – “Buxoro” bellashuviga 1510 tomoshabin tashrif buyurdi.
Quyida 3-turda eng ko‘p muxlislar tashrif buyurgan o‘yinlar ketma-ketligi bilan tanishishingiz mumkin:
Andijon – Navbahor 0:0. 15152 tomoshabin.
Surxon – Nasaf 1:2. 5623 tomoshabin.
Paxtakor – Metallurg 4:1. 5324 tomoshabin.
Qo‘qon-1912 – So‘g‘diyona 2:1. 4301 tomoshabin.
AGMK – Bunyodkor 2:0. 3200 tomoshabin.
Mash’al – Qizilqum 1:1. 2911 tomoshabin.
Lokomotiv – Buxoro 3:0. 1510 tomoshabin.
Fikrlar
1 ta tushadimi 10 000 tami silaga nima??
Shunchaki stadionga tushgan odam soniga qarab o'z jamoangiz saviyasini bilib olavering.
OCHLga 15-20 ming tushvottiku