
Superliga. 10 kishi qolgan "Qo‘qon-1912" "Metallurg"ga imkoniyatni boy berdi
Qo‘qondagi "Markaziy" stadionda kechgan uchrashuv mehmonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi. 7-daqiqada Otabek Haydarov hisobni ochdi. 24-daqiqada Stanislav Andreevga nisbatan to‘p uchun kurashda xavfli harakat qilgani uchun Murod Xolmuhammedov maydondan chetlatildi.
Shundan so‘ng bellashuvdagi ustunlik bekobodliklar tomonga o‘tdi va Muzaffar Muzaffarov, Zohid Abdullaev hamda Bahrom Abdurahimovlar raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishdi. Bellashuv so‘nggida esa Jahongir Ahmadov hisobni qisqartirishga erishdi.
Fikrlar