
Superkompyuter La Ligada qaysi klub g‘olib chiqishini baholadi
“Top-5” ligalar sirasiga kiruvchi Ispaniya chempionati ham boshlanmoqda. Juma kuni “Jirona” va “Rayo Valekano» o‘rtasida yangi mavsumning ochilish o‘yini bo‘ladi.
Shanba kuni esa, amaldagi chempion “Barselona” futbolchilari “Malorka” qarshi o‘yinda maydonga tushib, unvonini himoya qilishga kirishadi.
Opta tadqiqot markazi superkompyuteri yangi mavsumda Ispaniya jamoalarining chempionlik imkoniyatlarini tahlil qilib chiqdi. Unga ko‘ra, “Barselona”ning bosh sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati eng yuqori – 46,5 foizga teng baholandi.
Umumiy ko‘rsatkichlar quyidagicha ko‘rinish oldi:
“Barselona” — 46,5%
“Real Madrid” — 32,1%
“Atletiko” — 11,7%
“Vilyarreal” — 3,7%
“Atletik Bilbao” — 2,9%.
Fikrlar