Superklubga aylanayotgan “Nyukasl” Koutinoni ishga oladi
“Nyukasl” vakillari “Bavariya”dagi ijara muddatini yakunlab, Kataloniyaga qaytgan Filippe Koutino bilan muzokaraga kirishdi.
“Barselona” kelasi mavsumda braziliyalik pleymeykerning xizmatlariga ehtiyoj sezmaydi va maoshi yuqoriligi uchun undan tezroq qutilishni maqsad qilgan.
Hozircha, Koutinoga asosan Angliya premer-ligasi jamoalari qiziqish bildirmoqda. Ular orasida arab shayxlarining qo‘liga o‘tgan “Nyukasl”ning imkoniyati baland. Bu klub bir necha shov-shumli transferlarni amalga oshirishga hozirlik ko‘rmoqda.



Fikrlar