
Superklub yozda Xolandni oladigan bo‘ldi
“Barselona” mavsum yakunlanganidan keyin “Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandni o‘z safiga qo‘shib olishga qaror qildi.
El Chiringuito nashri jurnalisti Jota Jordining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklarda norvegiyalik hujumchi transferini tezlashtirish uchun ikki sabab bor.
Birinchidan, jamoaning 36 yoshli asosiy to‘purari Robert Levandovski kelasi mavsum davomida 70 ta uchrashuvning barchasini yuqori darajada o‘tkaza olmasligi aniq.
Ikkinchidan, “Barsa” mutasaddilari Xolandning transferini amalga oshirish uchun 2025 yilning yozgi transferlar davri eng qulay fursat, degan xulosaga kelgan. Bunga “shaharliklar” ustidan sud o‘tkazilayotgani va jamoaning o‘yinida pasayish kuzatilayotgani kataloniyaliklarning foydasiga ishlashi mumkinligi aytilmoqda.
Fikrlar