Superklub maoshlarni ayovsiz kesdi

  • 22 may, 2024, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” uchun mavsum muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Erik ten Xag shogirdlari sakkizinchi o‘rinni egallab, Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi.

Tecno

Jamoa kelasi mavsum Evropa Chempionlar ligasida qatnashmaydi. Demak, klub ma’lum miqdordagi daromaddan quruq qoldi.  

The Sun nashrining ma’lum qilishicha, klub rahbariyati holatdan kelib chiqib, futbolchilarning maoshini pasaytirishga qaror qilgan.

Kelasi mavsumdan boshlab, “Manchester Yunayted” o‘yinchilari maoshlarining 25 foizi ushlab qolinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!