Superklub ikki o‘yinchisini Manchester grandlariga o‘tkazmoqchi

  • 1 dekabr, 2024, 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” rahbariyati klub g‘aznasiga tushum qilish maqsadida ikki o‘yinchisini sotib yuborishga qaror qildi. Turinliklar yarim himoyachilardan Duglas Luis va Nikolo Fadjoli bilan xayrlashishga tayyor.

Tecno

 La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, yaqinda “Yuventus” texnik direktori Kristiano Juntoli shu masalada Manchesterga borib keldi.

Bu mutaxassis yuqori nomi keltirilgan ikki o‘yinchini “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” rahbariyatiga taklif qilgan.

26 yoshli braziliyalik Duglas Luis Angliya chempionatini yaxshi biladi. 2017 yili “Manchester Siti” uni “Vasko da Gama” jamoasidan transfer qilgan edi. Keyinchalik  yarim himoyachi “Aston Villa”ga sotib yuborildi.

“Yuventus”  o‘tgan yoz uni 51,5 million evroga o‘z safiga qo‘shib olgandi. Biroq bu o‘yinchi yana Angliyaga qaytish istagini bildirgan.

23 yoshli Nikolo Fadjoli esa, Turin superklubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning transferi klub g‘aznasiga sof daromad sifatida kirim qilinadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!