
Superklub 8 ta yulduzidan voz kechdi
O‘tgan mavsumda chempionlikni qo‘ldan chiqarishiga bir bahya qolgan “Bavariya” yozgi transferlar vaqtida tarkibda tozalash o‘tkazadi.
Bild nashrining yozishicha, myunxenliklar sakkiz nafar o‘yinchi bilan xayrlashishga tayyor. Bundesliga g‘olibi transferga qo‘yiladigan o‘yinchilarni sotib yuborishga ham, ijaraga jo‘natishga ham rozi.
Manbaga ko‘ra, joyini bo‘shatishi kerak bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatiga Sadio Mane, Serj Gnabri, Leon Goretska, Marsel Zabittser, Rayan Gravenberx, Benjamen Pavar, Nusser Mazraui hamda Buna Sarr kiritilgan.
Bu o‘yinchilarning aksariyati asosiy tarkib a’zolaridir.
Fikrlar