Superhujumchi Husanovni tanladi!

  • 3 oktabr, 06:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” oxirgi ikki transferlar davrida tarkibini tubdan yangilashga erishdi. 20 yanvarda “Lans”dan Abduqodi Husanovni olish bilan boshlangan avlodlar almashinuvi jarayoni hamon davom etmoqda.

Tecno

Xosep Gvardiola o‘tgan qishki transferlar oynasi davrida Husanovning kelishiga  “Palmeyras”dan Vitor Reys, “Portu”dan Niko Gonsales va “Ayntraxt”dan Umar Marmush transferlari ulanib ketgandi.

Bu to‘rtlik vakillari orasida yangi mavsumda hujumchi Umar Marmush va universal qobiliyatlarini namoyish qilgan himoyachi Abduqodir Husanov asosiy tarkib o‘yinchisiga aylana oldi. Niko Gonsales asosiy tarkibga kirishda qariyb bir yil davolanish orqali jarohatidan qutilib safga qaytgan “Oltin to‘p” sohibi Rodri bilan raqobatlashishi qiyin kechmoqda. Vitor Reys esa, tajriba oshirish uchun Ispaniya chempionatida o‘ynayotgan “Jirona”ga jo‘natildi.

Misrlik hujumchi Umar Marmush ayni paytda jarohatini davolatish bilan band. Mohir futbolchi jurnalistlar bilan suhbatda “Manchester Siti”da o‘ynagan o‘ziga xos xususiyatlarga ega charm to‘p ustalari nomini aytdi.

Marmushning tanlovi quyidagicha ko‘rinish oldi:

O‘ng oyoqda: Kevin de Bryuyne

Chap oyoqda: Rayan Sherki

Tezlik: Abduqodir Husanov

Kuch: Ruben Diash

Texnika: Jeremi Doku

Futbol IQ: Ilkay Gyundog‘an

Eng jonkuyar: Pep Gvardiola

Ta’kidlash joizki, Abduqodir Husanovning tezkorligi APL tahlilchilari, mutaxassislari va murabbiylarining e’tiborini tortgan.

Xususan, mavsumning boshida 21 yoshli legionerimiz Angliya Premer-ligasining eng tezkor besh futbolchisi reytingidan o‘rin olgandi. O‘shanda hamyurtimiz soatiga 33,5 kilometr tezlikda yugurgan va eng tezkor himoyachi bo‘lgandi.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi ham Abduqodirning ustun jihatlarini sanaganda doim uning tezligi katta ekaniga alohida urg‘u qaratadi.

- Husanov yuqori salohiyatini namoyish qilib kelmoqda. Abduqodir men ko‘rgan kam sonli eng tezkor o‘yinchilardan biridir, - degan edi Xosep Gvardiola.

Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ga o‘tganidan beri barcha turnirlarda 15 marotaba maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari bitta gol ham urgan. Ayni paytda himoyachimiz jarohatini davolatmoqda. 

Tezkor: Husanov haqida noxush xabar!

Bizga Husanov kerak!

Husanov izidan... Gvardiola Frantsiyadan yana bir superfutbolchi topdi

Husanov etishmagan o‘yindan keyin Gvardiola nimalar dedi?

Husanovmi? Gvardiola “Siti” futbolchisini “Real”ga bermayapti
“Monako”ga qarshi o‘yin oldidan Husanovning ahvoli qanday?

Shomurodov Turkiya Superligasi to‘purari bo‘la oladimi?

Shomurodovning barcha gollarini sanaymiz...

Kutilmagan vaziyat: Buyog‘iga Husanov ancha qiynaladigan bo‘ldi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!