Superfutbolchi “Manchester Yunayted”ga o‘tishga rozi bo‘ldi

  • 31 may, 2021, 20:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya” hujumkor futbolchisi Jeydon Sancho faoliyatini “Manchester Yunayted” jamoasida davom ettirishga rozi bo‘ldi.

Tecno

Bortmundliklar angliyalik futbolchini yurtiga qaytarish uchun 90 million evro talab qilmoqda. “Manchester Yunayted” xo‘jayinlari  o‘tgan yozda Sanchoni olishga yaqin edi. Biroq “Borussiya” mankunianlarni 120 million evro miqdoridagi transfer pulini bo‘lib to‘lash taklifini qabul qilmagandi.

21 yoshli yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2023 yilning yarmigacha davom etadi. Shunga qaramay, Evropa klublari qatori “Borussiya” ham moliyaviy inqiroz ta’sirini yumshatish uchun yulduzlarini sotib yuborishga majbur bo‘lmoqda.

Yakunlangan mavsumda Sancho 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va 12 ta golli pas oshirdi. Jeydonga “Bavariya” ham xaridor bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!