Super hujumchi olgan "Chelsi" endi himoyani kuchaytirmoqchi

  • 5 iyun, 2020, 21:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” klubi mavsumlar oralig‘ida o‘zining himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Goal.com tarqatgan xabarga qaraganda, “aristokratlar” bu borada “Lester” himoyachisi Ben Chiluell nomzodini ilgari surishmoqda. Uni “aristokratlar” bosh murabbiyi Frenk Lempardning shaxsan o‘zi tarkibda ko‘rmoqchi.

Agar “Chelsi” “Ayaks”dan Nikolas Talyafikoni sotib ololmasa, bor e’tiborini aynan Chiluellga qaratadi. Lekin, uning 80 mln evrolik tovon puli londonliklarga biroz og‘irlik qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Chelsi” “RB Leyptsig” hujumchisi Timo Verner bilan kelishuvga erishgani haqida xabar berilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!