Super darvozabon nimadan norozi?

  • 25 avgust, 2020, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” va PSJ kelasi mavsum oldidan darvozani “Atletiko” vakili Yan Oblakka topshirishni rejalashtiryapti. Ayni paytda har ikki klub sloveniyalik kiperning javobini kutmoqda.

Tecno

2014 yildan beri Madrid klubida o‘ynayotgan Yan Oblak “Atletiko” bilan sovrin yuta olmayotganidan armonda. U buni quyidagicha izohladi:

- Men “Barsa” va “Real” bilan mavsumning oxirigacha kurash olib borishni istagandim. Bo‘lar ish bo‘ldi. Klub o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishdi, mening umidlarim esa, armonga aylandi, - dedi Yan Oblak.

O‘ziga yangi darvozabon qidirishga kirishib ketgan “Atletiko” Yan Oblakning transferini 100 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!