
Sun’iy intellekt Angliyada qaysi jamoa chempion bo‘lishini aniqlab berdi
Angliya Premer-ligasi dunyodagi eng murakkab chempionatlardan hisoblanadi. Bu ligada har tomonlama qudratli klublar ko‘p.
Shunga qaramay, Opta analitika markazining superkompyuteri APLda yangi mavsumda qaysi jamoa chempion bo‘lishini hisoblab chiqdi.
Unga ko‘ra, bu gal ham to‘rt yildan beri chempionlikni o‘zida saqlab kelayotgan “Manchester Siti”ning imkoniyati juda yuqori – 82,5 foizga baholanmoqda.
Keyingi ikki o‘rinda o‘tgan mavsum sovrindorlari – “Arsenal” (11,3) va “Liverpul” (5,7) qayd etilgan.
Sun’iy intellekt nazariy jihatdan “Chelsi” (0,2%) va “Nyukasl” (0,1%) jamoalaridan ham birinchi o‘rinni egallash imkoni borligini ko‘rsatdi.
Fikrlar