
Sulsher Turkiya klubi bilan muzokaralarni boshladi
Ule-Gunnar Sulsher Turkiya chempionatida ish boshlashi mumkin. Unga "Beshiktosh" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "Sport Digitale" nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, Turkiya klubi tez orada jamoaning ayni paytdagi bosh murabbiyi Riza Chalimboyga iste’fo bermoqchi. Shotlandiyalik mutaxassisga esa bir yarim yillik shartnoma taklif qilingan.
"Beshiktosh"ni Shenol Guneshdan keyin Burak Yilmaz ham boshqarib ko‘rdi, lekin u 31 kun ichida bo‘shatildi. Istanbulliklar ayni paytda turnir jadvalida 5-o‘rinda turibdi.
Ma’lumot uchun, Sulsher 2021 yildan beri ishsiz yuribdi. U so‘nggi marta "Manchester Yunayted"ga ustozlik qilgandi.
Fikrlar