
Sulsher MYuda katta tozalash boshladi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher yozgi transferlarga etarli darajada mablag‘ jamg‘arish maqsadida asosiy jamoaning to‘qqiz nafar futbolchisini sotib yuborilishiga ko‘ndi.
Ma’lumki, “Manchester Yunayted” rahbariyati o‘zlari orzu qilgan futbolchilar – Jeydon Sancho va Rafael Varan transferini hal qilib bo‘lgan va moliyaviy talablarni bajarish uchun klubga qo‘shimcha pul kerak.
Manbalarning xabar qilishicha, manchesterliklar yaxshi taklif bo‘lsa, Antoni Marsyal va Daniel Jeymsni sotib yuborishga tayyor.
Bundan tashqari, klub yozgi transferlar vaqtida Jessi Lingard, Brendon Uilyams, Diogu Dalot, Fil Jons, Aleks Telles, Andreas Pereyra va Aksel Tuanzebega bo‘ladigan takliflarni ham ko‘rib chiqadi va ularni ham qo‘yib yuborishi mumkin.
“Manchester Yunayted”ga taklif etiladigan yangi ijrochilar ro‘yxatida Saul Niges, Eduardo Kamavinga va Ruben Nevesh bor.
Fikrlar