Sulsher MYu o‘yinidan norozi bo‘lmoqda
"Manchester Yunayted" ustozi Ule-Gunnar Sulsher "Partizan"ga (1:0) qarshi o‘yin haqida gapirib o‘tdi.
"Biz ochko qo‘lga kiritdik, ammo biz hoxlagan o‘yin bilan emas. Ikkinchi taymda raqib juda yaxshi o‘yin ko‘rsatib, jarima maydonimizda o‘ynashga majbur qila oldi va to‘laqonli himoyalandik.
Bugun shu kungacha asosiy kuchli tomonimiz bo‘lgan chiziqlarda yaxshi o‘ynay olmadik, bu menga yoqmaganligi tabiiy. Buning ustida albatta bosh qotiramiz.
Brendon [Uilyams] – o‘yin qahramoni. U ajoyib uyin namoyish etdi va zz ishini professional darajada namoyon qildi," - deydi Sulsher.



Fikrlar