Sulsher A Seriya futbolchisini MYuga olib kelmoqchi

  • 29 fevral, 2020, 03:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" "Fiorentina" yarim himoyachisi Federiko Kezaga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, "qizil-iblislar" ustozi Ole-Gunnar Sulsher 22 yoshli futbolchini kuzatish uchun Florentsiyaga shaxsiy skautini jo‘natib yuborgan.

Saymon Uells A Seriyaning 25-turidan o‘rin olgan "Milan" (1:1) ga qarshi uchrashuvni diqqat bilan kuzatgan va skaut norvegiyalik futbolchining o‘yinini batafsil tahlil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kezaning transfer narxi 60 mln evro baholanmoqda va unga "Yuventus", PSJ klublari ham jiddiy qiziqish bildirgan.

Ma’lumot uchun, yarim himoyachi A Seriyaning joriy mavsumida 22 ta bahs o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!