
Suaresning o‘rniga keladigan futbolchi kimligi aniq
“Valensiya” klubi forvardi Rodrigo Moreno yanvar oyi oxirigacha “Barselona”ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda El Chiringuito TV nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra kataloniyaliklar 28 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi masalasida “ko‘rshapalaklar”ga rasmiy taklif yuborishgan. Ular Morenoni keyinchalik 40 million evro evaziga sotib olish sharti bilan mavsum oxirigacha ijaraga olishmoqchi.
“Barselona” rahbariyati Rodrigoni uzoq muddatga safdan chiqqan hujumchi Luis Suares o‘rniga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. U joriy mavsum “Valensiya” safida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 gol hamda 10 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar