
Suaresning kelajagi Messiga bog‘liq bo‘lib qoldi
Luis Suares manfaatini himoya qiluvchi yurist Alexandro Balbi hujumchining kelajagi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Luisning “Barselona”dagi kelajagi Messining Kataloniyada qolishi yoki bu erdan ketishiga bog‘liq. Ular maydonda ham, hayotda ham qalin do‘st va birga to‘p surishni istaydi. Suares dunyo miqyosidagi super hujumchi. Albatta, unga turli takliflar bo‘lmoqda. Lekin Kataloniyadan ketish oson emas. Chunki oilasi shu shaharga ko‘nikkan, - dedi Balbi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Luis Suares agar Messi klubdan ketadigan bo‘lsa, argentinalik boradigan jamoaga o‘tishni xohlamoqda.
Fikrlar