Suares 500 ta muhtojmand oilaga oziq-ovqat tarqatdi (FOTO)

  • 28 mart, 2020, 17:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Luis Suares koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan inqiroz oqibatida Urugvaydagi muhtojmand oilalarga yordam berdi.

Tecno

33 yoshli futbolchi Montevideodagi 500 ta muhtojmand oilalarga oziq-ovqat xayriya qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Suares keyingi hafta ham shunday xayriya ishlarini davom ettiradi.

"Bu juda muhtoj oilalarga qilinadigan eng kam narsadir," - dedi Suares.

Eslatib o‘tamiz, forvard jarohati tufayli mavsumni o‘tkazib yuborayotgan edi va aprel oyining oxirida ushbu jarohatidan forig‘ bo‘lishi kutilmoqda.

rue0c7990deaa

rue4be8455680

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!