
"Strandja": Ikki nafar vakilamiz keyingi bosqichga yo‘l oldi!
Ma’lumki, ayni kunlarda Bolgariyaning Sofiya shahrida “Strandja” turniri davom etmoqda. Xabar berib o‘tganimizdek, bugungi kun dasturidan 5 nafar vakilimizning jangi o‘rin olgan hozirga kelib, ikki bokschimiz o‘z janglarini yakunlashdi. Ya’ni, -50 kg vaznda Sabina Boboqulova mezbonlar vakilasi Venelina Poptolevani 3:2 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, -57 kgda Humorabonu Mamajonova hindistonlik Sakshidan 3:2 hisobida ustun keldi va keyingi bosqichga yo‘l olishdi. Oldinda uch nafar bokschimizning jangi kutib turibdi.
- 86 kg Samandar Jalolov - Jugnoo (Hindiston)
-92 kg Madiyar Saydrahimov - Marley Jack (Irlandiya)
+92 kg Jahongir Zokirov - Sagar (Hindiston
Fikrlar