Stol tennisi bo‘yicha onlayn turnir yakunlandi

CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi va mamlakatimiz stol tennisi federatsiyasi tomonidan stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan onlayn musobaqada Andijon, Buxoro, Farg‘ona, Sirdaryo, Samarqand, Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrining 10 — 14 yosh toifasidagi umidli stol tennischilar ishtirok etdi.

Tecno

“Zoom” platformasi orqali o‘tgan onlayn musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasida bahslarda Shahboz G‘ulomiddinov birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Jafarbek Ibrohimov ikkinchi pog‘onadan joy oldi. Shoxruh Iskandarov va Doniyor Berdiev esa uchinchi bo‘ldi.

Qiz bolalar o‘rtasida Angelina Orazmetova, Jasmin Abualimova, Yulduz Sadriddinova hamda Zaynab Olimxo‘jaeva g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!