Sterling: Meni Messi va Ronalduga tenglashtirmanglar!

  • 22 oktabr, 2019, 18:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” klubi forvardi Rahim Sterling o‘zining “Barselona” hujumchisi Lionel Messi va “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldular bilan tenglashtirayotganlarga nisbatan quyilagicha javob berdi.

Tecno

“Messi noyob futbolchisi hisoblanadi. Agar men ketma-ket 15 mavsum davomida  50-60 tadan gol ursam, shundan keyingina tenglashtirish haqida gapirish mumkin. Ammo hozir meni Ronaldu yoki Messi bilan xatto tenglashtirmanglar ham. Men bu haqda hech narsani eshitishni xohlamayman.

Bu o‘zimni to‘g‘ri baholay olmayman degani emas. Bu yigitlar 15 mavsumdan buyon top darajada o‘ynab kelishmoqda. Buning uchun esa juda ko‘p vaqt kerak. Men o‘syapman va yanada yaxshiroq bo‘lishga harakat qilyapman”, - deydi 24 yoshli angliyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Sterling joriy mavsum “Siti” safida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!