
Stefanos Tsitsipas musobaqani g‘alaba bilan boshladi
Gretsiyalik tennischi Stefanos Tsitsipas "Fever-Tree Championships" musobaqasining birinchi davrasida muvaffaqiyatga erishdi.
Stefanos London shahrida o‘tayotgan turnirning ushbu bosqichda britaniyalik Kayla Edmundga qarshi kortga chiqib, 6:3, 7:5 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa ikkinchi davraga yo‘l olgan Tsitsipas, endi frantsiyalik Jeremi Shardiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar