Starrij faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin

  • 14 iyul, 2021, 11:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Angliyalik mashhur hujumchi Daniel Starrij "Malorka" klubi yig‘inida ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda Ispaniya klubi rasmiy sayti.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi 14 iyuldan boshlab "Malorka" tarkibida mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Agar Starrij "Malorka" murabbiylar shtabida yaxshi taassurot qoldira olsa, unga shartnoma taklif qilinadi.

Starrij Angliya futbol assotsiatsiyasining garov kodeksini buzganlikda aybdor deb topilganidan so‘ng, ya’ni 2020 yilning mart oyidan buyon maydonga tushmadi. U ilgari "Manchester Siti", "Chelsi", "Bolton", "Liverpul", "Vest Bromvich" va "Trabzonspor" klublarida o‘ynagan.

Daniel Starrij Angliya terma jamoasi safida 26 uchrashuv o‘tkazgan va sakkizta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!