Srechko Katanets qurayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi. Kartalarni ochayotgan murabbiy

  • 30 mart, 2022, 16:23
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Namangandagi “Navruz Cup” turniri yakunlandi. Finalda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Uganda bilan kuch sinashdi. Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bahsning ikkinchi bo‘limida Srechko Katanets oshkor qilishni istamagan uslubni qo‘lladi. Unda boshqa variant qolmagandi. Hamma natija so‘rayotgandi. Murabbiy rasmiy o‘yinlarda ko‘rsatmoqchi edi, nazarimizda. U himoyachilarni oldinroqqa olib chiqib, raqibni markazda kutib oldi va qarshi hujumlarga chiqib ketishni osonlashtirdi.

Tecno

Xursand qilgan jihat shundaki, terma jamoamiz mag‘lubiyatga uchrayotganda, o‘yini qovushmayotganda, kambek qilishni uddaladi. To‘g‘ri, raqib kuchli emas. Biroq biz oxirgi paytlarda oddiy jamoalar bilan uchrashuvlarda ham o‘zimizni ko‘rsata olmayotgandik. O‘z qobig‘imizda aylandik. Katanets shu kuni o‘yinni qutqarib qola olishini namoyon qildi. Balki biroz oshirib yuborgandirmiz. Lekin eslab ko‘ringchi qachon oxirgi yillarda mag‘lubiyatni g‘alabaga o‘zgartirdik? Qachon?

IMG_1092

Uganda bilan bellashuvda tarkibda o‘zgarishlar ro‘y berdi. Himoyachilar nasaflashtirildi. Bu o‘zini oqlagandek. Afrikalik futbolchilar gavdali. Shu bois ularga qarshi o‘yin o‘tkazish uchun ikki qanotdagi Farruh Sayfiev va Hojiakbar Alijonov nisbatan gavdaliroq Sherzod Nasrullaev hamda Dilshod Saitovga almashtirildi. Nasrullaev terma jamoaga moslashib boryapti. Saitov ham yomon tasuroot qildirmadi. Uning ustunligi raqibning hujumini mohirlik bilan buzishda.

Tarkibdagi yana bir asosiy o‘zgarishlardan biri Azizbek Amonov. U erkin harakat qildi. Hujumda, hujumchi ortida, yarim himoyada birdek o‘ynashi belgilangandi. Bu qaysidir manoda amalga oshdi. Shomurodovning gollariga aynan Azizbek assistlik qildi va o‘sha vaziyatlarda hujumni boshladi.

IMG_1340

Uchrashuvning dastlabki daqiqalari shiddatli kechdi. Biroq tezkor gol ura olmagach tashabbusni raqibga berdik. Ular himoyada xato qildi va Masharipov darvozani ishg‘ol qildi. Shundan hammasi boshlandi.

Vakillarimizning o‘yini qovushdi. Shomurodov xet-trikka erishdi. Biroz sergaklikni yo‘qotganda raqib ikki bor darvozamizni ishg‘ol etdi.

IMG_1360

Srechko Katanetsning matbuot anjumanlaridagi aytgan bir-biriga zid fikrlari tarqaldi. Ammo bunga e’tibor qaratmaslik lozim. Chunki bu murabbiylarning xiylasi. Turli xil so‘z o‘yinlari uchrashi tabiiy.

Sloveniyalik mutaxassis terma jamoamizda ikkita narsani ko‘rib oldi. Biri termamizning avvalgi holida qanday bo‘lgani, ikkinchisi kurashlarga asoslangan o‘yin. Bunda unga yuqoridagidek gavdali futbolchilar as qotadi. Bu orqali murabbiy natija qilishini ko‘rsatdi. Qirg‘iz Respublikasiga qarshi uchrashuvning birinchi taymida terma jamoamizning asl holini ko‘rdik. Tanaffusdan keyin esa murabbiyi bor jamoa gavdalandi.

Shaxsan menda murabbiyga bo‘lgan ishonch biroz ortdi. Katanets biz tushib qolgan jarlikdan chiqarishi kerak. Keyin esa avvalgidek etakchilar qatoriga kirib olishimiz darkor. Hozirgi bosh maqsadimiz shu.

P/S. Bu orqali o‘rtoqlik turniridagi g‘alabalardan keyin kimnidir maqtash emas, balki terma jamoamizdagi kichik ammo quvonarli o‘zgarishlar haqida dastlabki fikrlar bildirdik xolos. Hali maqtash va maqtanishga juda va juda erta!

IMG_1423

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abdul Bori
30/03/2022 20:08
Куз буямачилик бу ! Ман учун .уйин йук
Abdul Bori
30/03/2022 20:07
Европа жамоалар Билан келишиб уйинаш кере .Уганда Нима бу ?
Abdul Bori
30/03/2022 20:05
Ютдик гап йук.лекин уйин йук мани фикрим