SPORTS.uz Belgrad-2021. Abdumalik Xalakovning finaldagi raqibi ma’lum

  • 4 noyabr, 2021, 18:19
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati hal qiluvchi pallada. Musobaqada chorak finallar yakunlandi. Yarim finallar o‘tkazilmoqda.  

Tecno

Hozirgina frantsiyalik Sofiane Oumia hamda Dominikan Respublikasi sharafini himoya qilgan Aleks de la Kruz qarama-qarshiligi yakunlandi. Jangda Sofiane Oumia g‘alaba qozonib finalga chiqdi. Endi u finalda hamyurtimiz Abdumalik Xalakov bilan to‘qnash keladi. 

Eslatib o‘tamiz, -60 kg vaznli bokschimiz Abdumalik Xalakov JCh yarim finalida eronlik Daniel Shaxbaxshga qarshi ringga ko‘tarilishi lozim edi. Biroq, eronlik bokschining jarohati jiddiy ekanligi sababli u ringga chiqmadi. Shu tariqa, Abdumalik avtomatik ravishda finalga yo‘l oldi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!