SPORTS.uz Belgrad-2021. Abdumalik Xalakov: Muxlislarga javob bera olmayapman

  • 29 oktabr, 2021, 22:16
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. 

Tecno

Abdumalik Xalakov (-60 kg) bugun vakillarimiz ishtirokidagi uchinchi jangda ringga chiqdi. U makedoniyalik Jasin Lyamaga qarshi to‘qqnashuvda ustunlikka erishib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

- Murabbiylarning barcha ko‘rsatmalarini bajardim, deb o‘ylayman. Murabbiylar shoshilmasdan harakat qilishim, kerakligini uqtirishdi. Chunki bu erga kelib, 5 kundan so‘ng jang o‘tkazdim. Bunday pallada jang o‘tkazish qiyinligini aytishdi.

Keyingi janglardan harakatlarimiz ochilib boradi. Sababi, birinchisini boshlab olish har doim qiyin bo‘ladi. Ringni va raqibni sezish lozim.

Murabbiylarimiz engilroq harakat qilib, ko‘p ham oldinga o‘tmasligimni aytishdi. Keyingi safar bunday ham yorqinroq janglar o‘tkazishga urinaman.

Instagramga kirgan paytim ko‘plab muxlislar yozmoqda. Bundan xursandman, lekin ularga javob bera olmayapman. Xatto ota-onam bilan ham gaplasha olmayapman. Xayolim faqat shu jahon chempionatini yutish. shuni maqsad qilganman. O‘zbekiston bayrog‘ini nafaqat men, balki boshqa jamoadoshlarim ham yuqoriga ko‘tarishni maqsad qilib kelishgan, - dedi bokschi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
29/10/2021 22:55
Жуда тўғри Абдумалик ҳозир фақат навбатдаги жанглар, финал ва чемпионлик ҳақида ўйлаш керак. Қолгани ғалабалардан сўнг бўлади. Чалғиш шарт эмас. Фақат бокс 6-ноябргача жанглар қолгани ундан сўнг. Олға Абдумалик.