
SPORTS.uz Belgrad-2021. Abdumalik Xalakov ishtirokidagi jang yakunlandi
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
O‘zbekiston uchun bugungi kundan o‘rin olgan uchinchi jang boshlanish arafasida. Abdumalik Xalakov (-60 kg) sloveniyalik Tedach Sernoga bilan jang o‘tkazadi. Uning chiqishi Toshkent vaqti bilan taxminan 22:15da boshlanadi (A ring).
Bokschilar ringga chiqib kelishdi. Hamyurtimiz qizil libosda, uning raqibi ko‘k formada harakat qiladi.
Birinchi raund boshlandi.
Ilk soniyalardan Xalakov tezkor harakatlari bilan ajralib turdi. Uning ikkilik ketma-ket zarbalari aniq bo‘ldi. Ammo keyinchalik raqibi ham unga qarshilik ko‘rsata boshladi.
Birinchi taym bizning foydamizga 5:0.
Birinchi raund yakunlandi.
Ikkinchi raund boshlandi.
Xalakovning texnikasiga qoyil qolsa arziydi. Ajoyib harakatlar. Vakilimiz yakkalik zarbalarini aniq yo‘llamoqda. Sloveniyalik bokschining ham ikkilik zarbasi kuchli chiqdi. Abdumalik ikkinchi raundda zarbalar o‘tkazib yubordi. Lekin qarshi zarbalar ham yo‘q emas.
Ikkinchi raund ham bizning foydamizga 5:0.
Ikkinchi raund yakunlandi.
Uchinchi raund boshlandi.
ochkolarni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan Xalakov endi bemalol jang qilyapti. Yakkalik zarbalari aniq va kuchli ko‘rinish olyapti.
Hisob ochildi. Abdumalik zarbasi bilan raqibini yiqitdi. U jangni davom ettira olmadi.
Jang yakunlandi. Xalakov keyingi bosqichda.
Fikrlar