Sport vazirligidan yana bir yangi aktsiya!

CHERY AUTO

Ilk bor yurtimizda kibersport - kompyuter sporti bo‘yicha "MINSPORT ONLAYN KUBOGI" musobaqasi tashkil etilmoqda.

Tecno

Ushbu musobaqa bugungi karantin davrida xalqimizning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda "Esports Uzbekistan" federatsiyasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Mazkur musobaqa joriy yil 14-30 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Eng muhimi, ushbu kibersport musobaqasi to‘liq onlayn rejimda o‘tkaziladi va unda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Musobaqa #UydaQolibO'yindaBo'ling chellenji ostida tashkil etilib, unda 6 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan barcha yurtdoshlarimiz ishtirok etishlari mumkin.

Musobaqa quyidagi 3 ta yunalishda bo‘ladi:

1. "FIFA20";
2. "Clash Royale";
3. "Victory The Age of Racing"

Musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 65 million so‘mni tashkil qiladi.

Yo‘nalishlar bo‘yicha mukofot jamg‘armasi quyidagicha taqsimlanadi:

"FIFA 20" – 30 million so‘m (1-5-o‘rinlar taqdirlanadi);

"Clash Royale" – 20 million so‘m (1-5-o‘rinlar taqdirlanadi);

"Victory The Age of Racing" – 15 million so‘m (1-5-o‘rinlar taqdirlanadi).

Musobaqada qatnashish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi: https://forms.gle/nRQA5hCdzueojwgV8

Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati esa 14 aprel, soat 23:00 etib belgilangan.

Musobaqa taqvimi kuyidagicha:

- 15-22 aprel, guruh bosqich o‘yinlari;
- 23-28 aprel, pley-off bosqich o‘yinlari;
- 29 aprel, 3-o‘rin uchun bahslar;
- 30 aprel kuni esa "MINSPORT ONLAYN KUBOGI" musobaqasining hal qiluvchi final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa doirasidagi markaziy o‘yinlar "Esports Uzbekistan" federatsiyasining Youtube'dagi kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar bilan vazirlikning www.minsport.uz rasmiy sayti
va @minsport telegram kanali orqali tanishishingiz mumkin.

Kibersport onlayn musobaqasida ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akbar Ergashev
15/04/2020 13:45
15 chi aprel kuni
Akbar Ergashev
15/04/2020 13:44
Bugungi musobaqa soat nechida boshlanadi clash royal boʼyicha musobaqa