
Sport kurashlari. Yoshlarimiz jahon chempionatida shoxsupaga ko‘tarildi
Shu kunlarda Turkiyaning Istanbul shahrida sport kurashlari bo‘yicha U17 yosh toifasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Ayni paytga kelib, yunon-rum kurashi ustalari o‘rtasidagi bellashuvlar yakuniga etdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Kumush medal:
-48 kg: Shahzod Ro‘ziohunov
Bronza medal:
-55 kg: Aytjan Xalmaxanov
-65 kg: Islombek Karimjonov
Manba: MOQ
Fikrlar