Sport kurashlari. Laylo Sobirova Osiyo chempionatida kumush medalga sazovor bo‘ldi

CHERY AUTO

Iordaniyaning Amman shahri mezbonlik qilayotgan sport kurashlari bo‘yicha U23 Osiyo chempionatining ikkinchi kuni ortda qoldi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Laylo Sobirova (-59 kg) kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, ushbu vazn toifasidagi bahslar aylana tizimida o‘tdi. 1-bellashuvda Sobirova qirg‘izistonlik Sezim Jumanazarovani 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, 2-bahsda hindistonlik Pushpa Yadavga 2:8 hisobida imkoniyatni boy berdi. So‘nggi qarama qarshilikda qozog‘istonlik Guldana Bekesh bilan 5:5 hisobi qayd etildi. Oxirgi ballni Bekesh qo‘lga kiritgani bois g‘alaba qozog‘istonlik sportchiga nasib etdi.

Yakunda hindistonlik Pushpa Yadav oltin, Laylo Sobirova kumush va qozog‘istonlik Guldana Bekesh bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!