
Sport kurashlari. Andijonda yunon rum kurashi bo‘yicha xalqaro xotira turniri o‘tkazildi
23 may - Xalqaro kurash kuni. Shu munosabat bilan Andijon shahrida sobiq kurashchi, marhum Akmalxo‘ja Rahimov xotirasiga bag‘ishlangan birinchi xalqaro turnir o‘tkazildi.
“Andijon Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi”ning yopiq arenasida tashkil etilgan mazkur musobaqaga o‘zbekistonlik kurashchi polvonlardan tashqari Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Rossiya davlatlaridan ham sportchilar tashrif buyurdi.
Musobaqaning ochilish marosimi Andijon viloyati yoshlar siyosati va sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Toshpo‘latov so‘zga chiqib, marhum sportchi Akmalxo‘ja Rahimovni xotirladi va uning oila a’zolariga sportni rivojlantirish yo‘lida qo‘shayotgan xissasi uchun minnatdorchilik bildirgan xolda, musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.
































Ta’kidlash kerakki, Akmalxo‘ja Raximov murabbiyligi ostida Osiyo, Jaxon chempionatlarida ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar ham bor.
Musobaqa yakunida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchilarga bosh homiy “Shirin Gaz Servis” korxonasi tomonidan smart televizor, changyutgich, va maxsus medal, statuetka va diplomlar taqdim etildi.
Fikrlar