
So‘nggi 13 yilda ilk bor EChL chorak finaliga birorta ham nemis klubi chiqa olmadi
Xabaringiz bor kecha “Bavariya” UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsida o‘z maydonida “Liverpul”ga (3:1) imkoniyatni boy berdi va musobaqagi yurishini to‘xtatdi.
Bungacha esa “Shalke” “Manchester Siti”ga, “Borussiya” Dortmund esa “Tottenxem”ga yutqazib musobaqadan chiqib ketgan edi. Musobaqada ishtirok etgan yana bir nemis klubi “Xoffenxaym” esa guruh bosqichida qolib ketgan edi.
E’tiborlisi, shu tariqa so‘nggi 13 yilda ilk bor Chempionlar ligasi chorak finaliga birorta ham Bundesliga klubi chiqa olmadi.
Fikrlar