
Songa APLning grand klubidan xaridor chiqdi
"Manchester Yunayted" "Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Minni qo‘l kiritish uchun kurashga kirdi. Bu haqda "Fichajes" nashri xabar bermoqda.
Mazkur manbaga ko‘ra, Ruben Amorim keyingi mavsum yaxshiroq natijalarga erishish maqsadida yozgi transferlar oynasida hujum chizig‘ini kuzaytirish haqida o‘ylamoqda. 32 yoshli hujumchi joriy yilning 7 yanvar kuni "shporlar" bilan yana 1 mavsumga qolish uchun kelishib olgan edi. Agarda futbolchi yozda jamoani tark etishni xohlasa, hozirda "qizil iblislar" hujumchini jamoaga olib kelish uchun asosiy da’vogar hisoblanadi.
Bundan tashqari, manchesterliklar "Atalanta" vingeri hisoblangan Ademola Lukmanni ham o‘z safiga qo‘shib olish uchun grand jamoalar bilan kurashmoqda. Shu bilan birga, hozirda Turkiyaning "Galatasaray" klubida harakat qilayotgan Viktor Osimxenga ham juda katta qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, koreyalik forvard bu mavsum 35 ta uchrashuvda ishtirok etib, 10 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 38 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar