
Son ertangi o‘yinda "Tottenxem"ga yordam berolmasligi mumkin
“Tottenxem” klubi forvardi Son Xin Min “Everton”ga (1:1) qarshi o‘yinda Andre Gomesh bilan yuz bergan voqeadan so‘ng hamon o‘ziga kela olmayapti.
Eslatib o‘tamiz, koreyalik futbolchi shu kuni portugaliyalik futbolchiga podkat tashlagan va natijada Gomesh to‘piq suyagini sindirib olgan edi.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Son chuqur psixologik holat sabab EChL doirasidan o‘rin olgan “Tsrvena Zvezda”ga qarshi o‘yinda “shporlar”ga yordam berolmasligi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Tsrvena Zvezda” - “Tottenxem” uchrashuvi ertaga 6 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar