Solari matbuot anjumaniga 80 daqiqaga kech qolib keldi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Santyago Solari La Liga 27-turi "Real Madrid" - "Valyadolid" bahsidan oldin tashkillashtirilgan matbuot anjumaniga kech qolib keldi.
Argentiniyalik mutaxassis ushbu tadbirga 80 daqiqaga kech qolib tashrif buyurdi.
- Ming bora uzr so‘rayman, - deya o‘z kechikkanini izohladi murabbiy.
"Real Madrid" va "Valyadolid" o‘rtasidagi bellashuv 4 mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.



Fikrlar