"So‘g‘diyona"ni yana kimlar tark etyapti?

  • 1 dekabr, 2022, 21:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi tarkibida o‘zgarishlar asta-sekin yuz bermoqda. Ayrim o‘yinchilar bilan shartnomalar uzaytirilayotgani haqida xabarlar berilyapti. Shuningdek, klubni tark etayotgan o‘yinchilar ham bor.

Tecno

Bungacha saytimiz orqali Shahzod Jo‘rabekov va Bahodir Nasimovning “So‘g‘diyona” bilan xayrlashgani to‘g‘risida ma’lumot bergandik.

Bundan tashqari, yana Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Shavkat Salomov bilan serbiyalik legioner Luka Chermel “So‘g‘diyona”ni tark etgan.

Salomov jizzaxliklar safiga ikkinchi davrada qo‘shilgan bo‘lib, 11 ta bahsda maydonga tushdi. Chermel esa 24 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 gol muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!