
"So‘g‘diyona" terma jamoa sobiq a’zosi va yana 4 futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazdi (Foto)
Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubi bir qator futbolchilarini ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Jumladan, Husniddin G‘ofurov, Vitaliy Denisov, Kamronbek Nazarov kabi o‘yinchilar erkin agent sifatida jizzaxliklar safiga kelib qo‘shilgan bo‘lsa, Shavkat Salomov jizzaxliklar safida ijara asosida to‘p tepadi.
Bundan tashqari, Daniel Nasriddinov "So‘g‘diyona" bilan shartnomasini mavsum so‘nggiga qadar uzaytirdi.
Fikrlar