"So‘g‘diyona" murabbiyi: "Bu haqida hech narsa demoqchi emasman, men futbol haqidagi savollarga javob beraman"

  • 28 oktabr, 2024, 07:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada 22-tur bahslari davom ettirildi. So‘g‘diyona jamoasi bu tur safarda Bunyodkorga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa murabbiyi Rade Petrovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

- Birinchi navbatda "Bunyodkor"ni juda muhim palladagi ishlangan bir ochko bilan tabriklayman. Mavsum oxiriga qadar ularga omad tilayman. Ikkinchi o‘rin uchun kurashda davom etamiz. Oldinda bizni yana 4 uchrashuv kutib turibdi. 

- O‘z jamoangizning ikkinchi bo‘limdagi o‘yiniga fikr bildirsangiz!

- Bilasimi, 15 daqiqada 3 ta imkoniyatga ega bo‘ldik. Biz deyarli o‘yinni nazorat qildik. Bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Ikkinchi bo‘limda xatto ligadagi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatdik. 

- Bugungi uchrashuvdagi hakamlik haqida fikringiz qanday?

- Bu haqida hech narsa demoqchi emasman. Men futbol haqidagi savollarga javob beraman.

- Doriev anchadan beri gol kiritmayotganining sababi nima?

- Uning o‘zi ham bundan asabiylashmoqda. Vaholanki, mashg‘ulotlarda katta kuch bilan mehnat qilmoqda. Umid qilamanki, so‘nggi turlarda yana gollar urishni boshlaydi.

- "So‘g‘diyona" bu mavsumdagi o‘z potentsialini namoyish eta oldimi?

- O‘ylashimcha, hozirgacha mavsumni yaxshi o‘tkazdik. Bizga Shoxruh Abdurahmonovning yo‘qligi pand bermoqda. U 5-6 tur bizga yordam bera olmadi. Oldindagi to‘rtta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonishni rejalashtirganmiz.

- So‘nggi ikki turdagi natijalaringiz chempionlik poygasiga qay darajada ta’sir qildi?

- Biz bugun yaxshi o‘ynadik. OKMK bilan bahsda ham xarakter ko‘rsatdik. 3 bellashuvdan beri shogirdlarim xarakter ko‘rsatib kelmoqda. Shu bois, so‘nggi daqiqalarda gol urib vaziyatdan chiqib ketyapmiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!