"So‘g‘diyona" bu borada Superliga etakchisiga aylandi

  • 27 sentabr, 2024, 11:24
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Superliga 20-turi doirasidagi "Navbahor" - "So‘g‘diyona" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

"Bo‘rilar" legioneri Vladimir Yovovich xet-trik muallifi bo‘ldi. "Lochinlar" so‘nggi marta Namanganda 2018 yilda "Lokomotiv"dan 3 ta gol qabul qilib olgan edi. 

Shu tariqa, jizzaxliklar joriy mavsum chempionatdagi gollarini 34 taga etkazib oldi va Superligada eng ko‘p darvozani ishg‘ol qilgan jamoaga aylanib oldi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!