Sobiq o‘zbekistonlik murabbiy qo‘l ostida shug‘ullanayotgan avstraliyalik sportchi jahon rekordini yangiladi

CHERY AUTO

Yosh iste’dodli engil atletikachilardan biri avstraliyalik Sasha Joya langarcho‘p bilan sakrash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon rekordini yangiladi. 

Tecno

Gap shundaki, engil atletikaning ko‘plab yo‘nalishlarida ishtirok etadigan, aniqrog‘i, ko‘p kurash ustasi bo‘lmish Sasha kuni kecha Avstraliya chempionati doirasidagi bahsda o‘z yosh toifasida jahon rekordini yangiladi. Langarcho‘p bilan sakrash sektorida qayd etgan 5,56 metrli natija endilikda o‘smirlar o‘rtasidagi yangi rekord sifatida qayd etiladi. Bu natija avvalgi rekord sohibi gretsiyalik Karilis Emmanouilnikidan 1 sm.ga yaxshiroq. 

Ta’kidlash joiz, avstraliyalik ushbu yosh iqtidor egasi 80-yillar O‘zbekiston jamoasi uchun ishtirok etgan Aleksandr Parnov qo‘l ostida engil atletika sir-asrorlarini o‘rganmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!