
Sobiq klubini jazolashni yaxshi ko‘radigan Morata
Chempionlar ligasining 4-turida "Milan" "Real" mehmoni bo‘ldi. Birinchi taym so‘nggida Alvaro Morata jamoasini oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, ispaniyalik hujumchi madridliklar darvozasiga EChL doirasida 3-golini urmoqda. Bundan oldin u 2015 yili ikki marta "qaymoqranglilar" darvozasini ishg‘ol qilgan ("Yuventus" safida). Shuningdek, Morata "Real"ga umumiy hisobda 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Alvaro "Real Madrid Kastilya"dan chiqqan bo‘lib, 2014 yildan 2016 yilgacha "Yuventus"da ijarada o‘ynab, qaytdi. Shundan keyin bir mavsumdan so‘ng jamoani butkul tark etdi.
Fikrlar